Yosh mutaxassislar uchun loyiha
WIUT va TALENTLAB Westminster Universitetining talabalariga va bitiruvchilariga maxsus bepul karyera rivojlantirish dasturini taqdim etadi
Ustoz-Shogird@WIUT
Sizga Ustoz nima uchun kerak?
Sizga O'zbekiston va dunyodagi yetakchi kompaniyalarining bosh HRD xodimlari bilan tanishish va o'zingizni tanishtirish imkoniyati beriladi
Shaxsiy rezyume faylingizni qanday to’g’ri tuzishni va LinkedIn profilingizni kuchaytirishni o’rganasiz
Intervyu bosqichini ustunlik bilan o’tish va yuqori maosh bo'yicha samarali muzokaralar olib borish ko'nikmalariga ega bo'lasiz
Qiziqarli vakansiyalar joylashtiriladigan xususiy Telegram kanalga a’zo bo’lasiz
Sizga o’z loyihangizni boshidan yaratishga imkoniyat beriladi. Undan so’ng ish qidirish yoki o'z biznesingizni boshlash o'rtasida qarorni qabul qilasiz.
Bularning hammasi butunlay BEPUL!
84%
bitiruvchilar o'z orzularidagi ishini va u erga qanday muvaffaqiyatli joylashishni o’rgangandilar
Uztoz bitiruvchilarining muvaffaqiyatlari
36%
bitiruvchilar ish joyida o’z pozitsiyasidan ko’tarildilar
11%
bitiruvchilar o’ziga yangi ish joyini topishga ega bo’ldilar
4%
bitiruvchilar o’zining biznesini qurishni boshladilar
Alyona Vladimirskaya tashkil qilgan “Ustoz” loyihasi juda noyob va O’zbekistindagi yosh mutaxassislarga yangi ma’lumotni o'rganish, turli biznes sohalar bilan tanishish va yetakchi mutaxassislar bilan ishlash uchun ajoyib imkoniyat. Loyiha tufayli men yangi do’stlarni orttirdim va karyeramni kuchaytirishga imkoniyatlarimni kengaytirdim. Bu shunchaki loyiha emas, bu rivojlanish, kasbiy mahoratni oshirish, shuningdek, yangi tajriba uchun birlashayotgan odamlarning jamoasi. Bu yerda har bir kishi o'z tajribasi bilan bo'lishishi, qiziqarli ishlarni hal qilishi va jamoada ishlashi mumkin.
"USTOZ" bilan yetakchi mutaxassis bo’lishni o’rganing.
Ezozxon Abdusamatova
Korzinka kompaniyasining Personal tanlash bo'yicha mutaxassisi
Loyiha haqida tasodifan bilib qoldim. Loyihaga ro’yxatdan o’tgan paytimda o’z ish jo’yimdan mamnun emas edim va undan yaxshiroq ish joyni qidirib yurgandim. “Ustoz” loyihasiga qabul qilinganimda men o‘qishim, hujjat topshirishim va umuman kasbim uchun ko‘p ish qilishim mumkinligini anglab yetdim.
Ustozda o'qishni boshlab mutaxassislarni darslarini tingladim. Eski ish joyimda onlayn formatda faoliyatimni davom ettirdim va xalqaro reklama agentligiga ishga joylashdim. Keyin Qirg‘izistonda yana bir amaliyot topdim, ular qabul qilinmasligidan qo‘rqardim, lekin yana ekspertlar va Alyona mening hayotiy vaziyatlarimga mos ma’ruzalar o‘qishdi va men tavakkal qila boshladim.
Amaliyotga borib va qaytib kelganimda loyiha tugab bo’lgan edi, ammo tavakkal qilishdan qo'rqmaslik kerakligini tushunib yetdim. Hozir o‘qish uchun boshqa davlatga ketyapman va o‘sha yerda o‘z kuchimni sinab ko‘raman. O‘z sohamning mutaxassisi sifatida O‘zbekistonga qaytishga umid qilaman.

Feride Maxsetova
Nashriyot uyining bosh muharriri
Poyiha qanday o’tadi?
Tanlovdan o'tgan barcha tinglovchilar xususiy telegram kanalga taklif qilinadi. Dastlabki kanalda yo’nalishning yetakchi mutaxassislari onlayn efirlar va master klasslar o’tkazadilar. Yakshanba kunlari esa oflayn uchrashuvlarda ishbilarmonlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Bizning ekspertlarimiz:
Bahrom Ravshanovich Mirkasimov
WIUT rektori
Sofiya Gaynutdinova
Beeline Kadrlar bo’limi Direktori
Uzcarlsberg MChJ kadrlar va ma'muriy direktori
Ish kunlarida leksiyalar telegram chatda bo’lib o’tadi, yakshanba kunlari esa master-klasslar va biznes o'yinlari formatidagi uchrashuvlar o’tkaziladi.
Dastlabki loyiha butunlay BEPUL. Sizning hech qanday majburiyatlaringiz bo’lmaydi va xohlagan paytingizda loyihani tark etishinigiz mumkin.
Loyiha 24-sentyabrda boshlanib 26-noyabrda tugaydi
Yana savollaringiz bormi?
Shu yerda savolingizni qoldiring va men albatta unga javob beraman
Loyihaga arizalar qabul qilish jarayoni yakunlandi.
Yangiliklarni veb-saytimizda kuzating
2023. Barcha huquqlar himoyalangan. TalentLab